— Shifokorlar jarohatimni tiklash uchun tizzadagi yirtilgan payni bir-biriga ulab, suyakka yopishtirib qo`yadigan butsimon bog`lamlarni tiklashda ishlatiladigan bioso`riluvchi birikmakerakligini ta`kidlashmoqda. Bu birikma faqat Germaniya va AQShda ishlab chiqarilar ekan. Import mahsuloti bo`lib, 1000, 1200 AQSh dollari turar ekan. Davolashning boshqa usullari bormi? Shu haqida ma`lumot bersangiz.
B.Ziyotov, Samarqand viloyati, Pasdarg`om tumani
M.IRISMETOV, O`zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutining Sport travma bo`limi rahbari:
— Oldingi butsimon bog`lamni tiklashning autoplastika usuli mavjud. Bunda bemorning o`zini payidan olib, bog`lam tiklanadi va operasiya uchun so`riluvchi shuruplar kerak. Yuqoridagi usuldan tashqari oldingi butsimon bog`lamni tiklashda lavsanoplastika usuli ham qo`llaniladi. Bu usulda shuruplar kerak emas, lavsan lenta oxirlari tugib bog`lab qo`yiladi.






