Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi, deya ma`lum qildi O`zA.
Majlisda Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston Bosh vazirlari, Rossiya Hukumati raisi, Ozarbayjon va Turkmanistondan hukumat rahbarlari o`rinbosarlari, Moldovadan mamlakatning MDH ustavi doirasidagi va boshqa organlari huzuridagi muxtor vakili ishtirok etmoqda.
Hukumat rahbarlarining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda MDH davlatlari o`rtasidagi o`zaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan erkin fikr almashish, shuningdek, Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o`tkazish sanasi yuzasidan kelishib olish ko`zda tutilgan.
MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda ilk bor o`tayotgan majlisi kun tartibiga 18 ta hujjat loyihalari kiritilgan.






