AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON QUROLLI KUChLAR AKADEMIYaSIGA HINDISTON HARBIY XIZMATChILARI TAShRIF BUYuRDI

'O`ZBEKISTON QUROLLI KUChLAR AKADEMIYaSIGA HINDISTON HARBIY XIZMATChILARI TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Hindiston Qurolli Kuchlari Shtab kolleji harbiy mutaxassislari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining bir guruh professor-o`qituvchilari tarkibi bilan “Hindiston Qurolli Kuchlari tarkibiy tuzilishi va qurilishi hamda olib borilayotgan islohotlar” va “Harbiy mashg`ulotlarni o`tkazish uslublari” kabi mavzularda ma`ruza va seminar mashg`ulotlari o`tkazildi.

Ma`lumki, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida harbiy ta`lim yo`nalishida yo`lga qo`yilgan xalqaro hamkorlik natijasida nufuzli harbiy akademiyalar va markazlar vakillari bilan muayyan tajriba almashib kelinmoqda. Bu esa o`z navbatida professor-o`qituvchilar, tinglovchilar uchun dolzarb masalalar bo`yicha xorijiy ekspertlarning ilmiy qarashlari va xulosalarini o`rganish, sohadagi eng so`nggi ma`lumotlardan xabardor bo`lish va ularni atroflicha tahlil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, shuningdek, qurolli kuchlarni qo`llash strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirish, jangovar operasiyalarni olib borishning zamonaviy tajribasini chuqur va puxta egallashga xizmat qiladi.

– Harbiy soha va harbiy san`at rivojidagi asosiy tendensiyalarni aks ettiradigan, prinsipial jihatdan yangi mutaxassislik va ilm-fan yo`nalishlarini jangovar harakatlarni olib borishning xorijiy tajribasi, zamonaviy shakl va metodlarini hisobga olgan holda harbiy kadrlarga o`rgatish oldimizda turgan ishlarning eng mas`uliyatli jabhasidir, – deydi Qurolli Kuchlar akademiyasi kafedra boshlig`i polkovnik Murod Ibragimov. – Ayni vaqtda oliy harbiy ta`lim muassasalarida professor-o`qituvchilar, ko`p yillik xizmat tajribasiga ega ofiserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo`nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar