«PSJ» hujumchisi Neymar va jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining munosabatlari borgan sayin taranglashmoqda.
Le Parisien nashri xabariga ko`ra, bu kelishmovchilik Neymar va Kavani o`rtasida jarima zarbalarini kim amalga oshirishi haqida ketgan bahsdan so`ng yuzaga kelgandi. O`shanda murabbiy Neymarni jamoaning asosiy penaltichisi etib tayinlamagandi.
Ma`lum bo`lishicha, Neymar shundan buyon murabbiyga e`tiroz bildirib kelmoqda. Uning vatandoshlari Dani Alves va Tiagu Silva esa uni qo`llab-quvvatlab turishibdi.






