AsosiyJamiyat

SEMENTNING YaNGI SOTUVChI KORXONASI BIRJA BOZORIGA KIRDI

'SEMENTNING YaNGI SOTUVChI KORXONASI BIRJA BOZORIGA KIRDI'ning rasmi

«Qoraqolpoq sement» MChJ XK o`z mahsulotini «O`zRTXB» AJ ning birja savdolariga qo`yishni boshladi. Mazkur qurilish mahsulotini yangi ishlab chiqaruvchisi O`zbekiston Respublikasining Qorao`zak tumanida joylashgan. Zavodning ishlab chiqarish loyiha quvvati yiliga 1,2 mln tonnani tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati 40 mln. AQSh dollarga teng.

Hozirgi vaqtda PS M-400-D-20 markali portlandsement qadoqlanmagan va konvert ko`rinishida qadoqlangan polipropilen qoplarda (50 kg) sotilmoqda. Zavod tomonidan ichki bozorga sotish uchun 40 tonna lotli, boshlang`ich narxi bir tonnasi uchun 375 ming so`m bo`lgan qadoqlanmagan, hamda bir tonnasi uchun boshlang`ich narxi 505 ming so`mlik 50 kilogramm qoplarda qadoqlangan Portlandsement PS M-400-D-20 markali bo`yicha sementning standart birja shartnomalari ochilgan. Ularni etkazib berish sharti – EXW (sotuvchining omborxonasidan olib ketish).

Mazkur birja tovarini sotish bo`yicha birinchi savdo bitimi 2017 yilning 11 oktyabr kuni tuzildi. Xususan «Qoraqolpoq sement» MChJ XK tomonidan birja savdolarida deyarli boshlang`ich narxlarda, ya`ni bir tonnasi uchun 375 ming so`mdan 160 tonna sement mahsuloti sotildi.

Bozor mutaxassislari va treyderlarning fikrlariga ko`ra, segmentda yangi ishtirokchini paydo bo`lishi sementning ichki bozorida raqobatni rivojlanishi va uning kon`yunkturasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar