AsosiyJamiyat

ABDULLA ARIPOV VA DMITRIY MEDVEDEV UChRAShDI

'ABDULLA ARIPOV VA DMITRIY MEDVEDEV UChRAShDI'ning rasmi

Bugun, 2 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi.

Xabar qilinganidek, avvalo Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o`tkazdi.

Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya delegasiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida ko`p qirrali o`zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, ularni aniq mazmun bilan boyitishning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilish uchun hukumatlararo muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Dmitriy Medvedev, shuningdek, Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar