- Agar trikotajkofta yoki futbolkangiz juda g`ijim bo`lib qolsa, uni tekislashning oson yo`li bor. Ularni dush qabul qilayotganda vannaxonada ilib qo`ying. 10 daqiqalarda ko`ylak tekislanadi.
- Zar qog`oz (folga) bilan shisha idishlarni juda oson va yaxshi tozalash mumkin. Zar qog`ozni shar shaklida o`rab, oddiy idishlarni yuvgandek ko`piritirlgan suv bilan ishqalab yuving.
- Zamsh oyoq kiyimlarni tirnoq egovchasi yordamida tozalash mumkin.
- Sellofanga sirka sepib, dush jo`mragini o`rab qo`ying. 1 soatdan keyin suvni oqizib, yuvib tashlang. Shunda jo`mrag yangidek bo`ladi.
- Chashkadagi qahva izini ketkazish uchun apelsin yoki limon po`stiga tuz sepib, shu vosita bilan idishni tozalang.
- Paltodagi dog`larni jilvirtosh (pemza) bilan tozalash mumkin.
- Rezinka grelkadagi suv uzoqroq issiq saqlanishi uchun suvga biroz tuz soling.
- Qishga kartoshka g`amlab qo`ymoqchimisiz? Ular chirib kemtasligi uchun kartoshka qopiga lavlagi ham solib qo`ying. Lavlagi mahsulotlarni zaxdan asraydi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






