AsosiySUG'DIYONA

O`SMIRLAR NEGA ChEKIShNI BOShLAYDI?

'O`SMIRLAR NEGA ChEKIShNI BOShLAYDI?'ning rasmi

Bolasining chekayotganiga ko`zi tushgan ota-ona jahl otiga minishi tabiiy. Ammo unutmang, sizning jahlingizdan qo`rqib, chekishga jur`at qilgan bola undan voz kechmaydi. Shuning uchun u chekishni odat qilmasligini uchun quyidagi sabablar bilan tanishib chiqing.

1-sabab: Qiziquvchanlik.

«Bir marta chekib ko`ray, qani, nima ekan bu?», deb o`ylaydi u. Va bir martalik istak, bora-bora zararli odatga aylanadi.

Nima qilamiz?

Uning qiziqishlari doirasini kengaytiring. Masalan, agar istagi bo`lsa, sohangizga qiziqtiring.

2-sabab: O`zini katta odamdek his qilmoq.

E`tibor bering, o`g`lingiz o`n besh-o`n olti yoshga qarab ketgan-u, ammo siz hamon unga yosh boladek muomala qilasiz. U yoshi ulg`ayotgan bo`lsa-da, uyda o`z o`rnini his qilmaydi. Chegaralarni buzishni istaydi. Va oson yo`li, chekishni tanlaydi.

Nima qilamiz?

Imkon bering, u katta bo`lganini chekish orqali emas, boshqa yo`llar bilan isbotlasin. Ro`zg`or qilishni o`rgating, uy ta`miri yoki biror katta xarid borasida fikriga qizing. Kattalardek munosabatda bo`ling.

3-sabab: Chekish «moda» deb biladi.

Kinoda, ko`cha-ko`yda o`ziga bino qo`ygan, ko`rkam kishilarning chekishini ko`radi. Va bu erkakka o`zgacha ko`rk bag`ishlaydi deb o`ylaydi.

Nima qilamiz?

Ayni shunday sahnalarga ko`zingiz tushganida, unga yo`l-yo`lakay, aslida bu juda xunuk ko`rinishini tushuntirib o`ting. Toki u chekish orqali statusini oshirmasin.

4-sabab: «Do`st»lar davrasi.

Odam yoshligida atrofida do`sti ko`p bo`lishini istaydi. Tengdoshlari davrasiga qo`shmay qo`yishidan juda qo`qrqadi. Chekish orqali atrofdagi bolalar bilan yaqinlashishga intiladi.

Nima qilamiz?

Mas`uliyatliroq bo`ling. Kim bilan o`rtoq bo`layapti, ular qanaqa yigitligiga qiziqing. «U bola yomon, unga yaqin yurma» qabilida qattiq gapirmasdan, odamlarin sigerata emas, mehr-oqibat birlashtirishin tushuntiring. Biror o`rtog`ining muammosi bo`lsa, birga hal qilishing. U xulosa qilsin.

5-sabab: O`zingiz – «o`rnak».

Biror muammo yuz bersa, darrov sigerata tutatishingiz, bemalol uyda, oila davrasida chekishingiz, asabingizni shu bilan tinchlantirishingiz, bolaga ta`sir qiladi. Va qush uyasida ko`rganini qiladi.

Nima qilamiz?

Demak, hammasi avvalo o`zingizga bog`liq! Bu zararli odatdan o`zingiz xalos bo`la olmayapsizmi? Hech bo`lmasa, bolalaringiz asrang. Ularni ko`z oldida chekmang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar