Zarur masalliqlar: 4 ta tovuq oyog`i, 6 ta mayda pomidor, 4 ta bulg`or qalampiri (sariq va qizil); marinadlash uchun: 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 choy qoshiqdan tomat va asal, 2-3 ta rozmarin bargi, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Marinadlash uchun mo`ljallangan masalliqlarni aralashtirib, tovuq go`shtiga surting-da, 2-3 soat salqin joyga qo`ying.
2. Chuqurroq idishga tovuq go`shti va bo`laklangan bulg`or qalampiri, pomidorlarni esa butunligicha soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada pishadi.
4 kishilik.
40 daqiqa.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






