O`zbekistonda narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, giyohvandlik illati yoyilishining oldini olish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha aniq maqsadli kompleks tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb xabar beradi O`zA.
Ayni paytda O`zbekistonda bo`lib turgan BMT Bosh kotibi o`rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov O`zbekiston narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim o`rin tutishini ta`kidladi.
Avvalo, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Bu juda muhim uchrashuv bo`ldi. Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini chuqur tahlil qilib berdi. Bundan biz mamnunmiz.
O`zbekiston mintaqa va xalqaro tuzilmalar doirasida giyohvandlikka qarshi kurashishga salmoqli hissa qo`shmoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida imzolangan giyohvand moddalar bilan bog`liq muammolarga qarshi kurashish bo`yicha anglashuv memorandumi misolida ham o`z ifodasini topmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev bilan bugungi uchrashuv yakunlaridan kelib chiqqan holda hamkorligimizni yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha hujjatlar tayyorlash, ya`ni «yo`l xaritasi»ni belgilab olish, muhokama qilingan taklif va g`oyalarni izchil amalga oshirishga kelishib oldik.
O`zbekiston bilan hamkorligimiz yanada samarali bo`lishiga ishonaman.
Yuriy Fedotov, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori






