AsosiyDunyo

AQShDA GRIN-KARTA LOTEREYaSINI BEKOR QILISh BO`YIChA DASTUR IShGA TUShIRILDI

'AQShDA  GRIN-KARTA LOTEREYaSINI BEKOR QILISh BO`YIChA DASTUR IShGA TUShIRILDI'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp grin-karta lotereyalarini bekor qilish bo`yicha kongress bilan ishlashini rasman e`lon qildi.

"Men bugun viza diversifikasiyasi dasturini (grin-karta) bekor qilish jarayonini boshlayman... Men buni anchadan beri rejalashtirgan edim va biz kongressdan bu ustida zudlik bilan ish boshlashni so`raymiz. Biz bu lotereya dasturidan iloji boricha tezroq qutulishimiz kerak", - deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Donald Tramp shuningdek, Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov 2010 yilda AQShga O`zbekistondan grin-karta lotereyasini yutib kelganini ta`kidlagan, deb xabar qildi RIA novosti.

Trampning qo`shimcha qilishicha, gumonlanuvchi AQShga yana bir necha kishini chaqirtirgan bo`lishi va ularning soni 23 nafargacha etishini ma`lum qilgan. Dastur AQShga doimiy kelgan shaxs o`z qarindoshlarini ham olib kelishini ko`zda tutadi.

    Boshqa yangiliklar