AsosiyJamiyat

​“IGOR” NIMA UChUN EMAGAN SOMSASIGA PUL TO`LADI?

'​“IGOR” NIMA UChUN EMAGAN SOMSASIGA PUL TO`LADI?'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, amaldagi qonun hujjatlari talablariga binoan, pornografik mazmundagi mahsulotlarni yurtimiz hududiga olib kirish taqiqlangan. Shunga asosan joriy yilning o`tgan davrida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 70 ta holatda 8 ming 281 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o`yin kartalari va suratlar bojxona chegaralari orqali mamlakatimizga olib kirilishining oldi olindi...

Nishon tumani Paxtaobod mahalla fuqarolar yig`iniga qarashli Jalajin qishlog`ilik Ergash Haqberdiev Rossiya Federasiyasidan Moskva-Qarshi yo`nalishidagi 995-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportiga kelganida, unga tegishli yuklar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Uning qo`l yuklari orasida bo`lgan “Samsung J1” markali qo`l telefoni xotirasida mamlakatimizga olib kirish taqiqlangan 50 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.

Rossiyada “Igor” nomini olgan Ergash Haqberdiev bu telefonni unga o`zi bilan birga ishlagan Otabek ismli tanishi xotiniga sovg`a sifatida berib yuborganini, uning xotirasida nima bor-yo`qligi bilan qiziqmaganini ma`lum qildi. Agar bu bir bahona bo`lsa, u telefonni axloqsiz tasvirlardan tozalashi, agar chindan ham birovniki bo`lsa, tegishli nazoratdan o`tishini hisobga olib, telefondagi materiallar haqida zarur ma`lumotlarni bilib olishi darkor edi.

Mazkur huquqbuzarlik holati uchun jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudining qarori bilan E.Xaqberdievga nisbatan 748 ming 875 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Huquqbuzarlik ashyosi hisoblangan “Samsung J1” markali qo`l telefoni nopok tasvirlardan tozalanib, davlat egaligiga o`tkazildi.

MA`LUMOT UChUN:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag`batlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga ko`ra, pornografik mazmundagi mahsulotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish taqiqlangan.
Shuningdek, 2012 yil 12 apreldagi qonun bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan bo`lib, unga muvofiq pornografik hamda zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish kabi harakatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilgan.

    Boshqa yangiliklar