31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda ro`y bergan teraktni 29 yoshli o`zbekistonlik Sayfullo Saipov sodir etganligi gumon qilinmoqda.
Sayfullo Soipov 1988 yil 8 fevralida Toshkent shahrida tug`ilgan. 2005 yilda kollejni tugatdi, 2005-2009 yillarda Toshkent Moliya institutida tahsil oldi. O`qishni tugatgach poytaxtdagi «Sayohat» mehmonxonasida hisobchi bo`lib ishladi.
«O`zbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari bergan ma`lumotga ko`ra, 2010 yil AQShga «Grin-karta» orqali viza olib, jo`nab ketgandi. Shu davrgacha biror terroristik guruh yoxud oqimlar ta`sirida bo`lgani aniqlanmagan. O`tgan etti yil ichida u O`zbekistonga tashrif buyurmagan hamda yaqin qarindoshlari bilan uchrashmagan. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar qildi.
AQShda bo`lgan paytidanoq Soipov O`zbekistonning Nyu-York shahridagi konsullik idorasiga uchramagan, hech qanday rasmiy ro`yxatda qayd etilmagan.
Sayfullo o`sib ulg`aygan mahalla ahli u haqda iliq fikrlarni bildirdi: «Xech qanday shubha uyg`otuvchi ish bilan shug`ullanmagan, qo`shnilarga yaxshi muomala qilishi ta`kidlangan», deyiladi xabar matnida.
Sayfullo Soipov AQShga ko`chib o`tgandan so`ng odamovi bo`lib, ektremistik guruhlar ta`siri ostiga tushib qolgan.






