AsosiyJamiyat

XALQARO HARBIY SPORT KENGAShI BOSh KOTIBI O`ZBEKISTONGA TAShRIF BUYuRDI

'XALQARO HARBIY SPORT KENGAShI BOSh KOTIBI O`ZBEKISTONGA TAShRIF BUYuRDI  'ning rasmi

Xalqaro harbiy-sport kengashi (CISM) bosh kotibi Dorax Mambi Koita Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo`ldi.

130 dan ziyod mamlakat a`zo bo`lgan Xalqaro kengash qator xalqaro musobaqalar va mintaqaviy chempionatlar, jumladan, qishki va yozgi Butunjahon harbiy o`yinlarining tashkilotchisi hisoblanadi.

Tashrif doirasida mehmon O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi va Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ekspozisiyasi bilan tanishdi, harbiy sportchilar – MHSK klubi a`zolari bilan uchrashdi.

O`zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo`mitasida bo`lib o`tgan uchrashuvda O`zbekiston sportchilarining turli xalqaro musobaqalardagi ishtirokini kengaytirish, ushbu yo`nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

D.Koita poytaxtimizdagi Osiyo dzyudoni rivojlantirish markazi, «Bunyodkor» stadioni kabi sport inshootlari bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar