Bu maqolani shu kunlarda suv isitkich xarid qilishga chog`langan mushtariylarimizning talablariga binoan tayyorladik. Garchi sizning bunday niyatingiz bo`lmasa ham ma`lumotlarimizni e`tiborsiz qoldirmaysiz degan umiddamiz. Axir, bugun bo`lmasa ertaga ular sizga ham asqotishi mumkin-da!
Qay biri afzal?
Odatda suv isitkichlar ikkiga: gaz va elektr toki bilan (TEN) ishlaydigan turlarga ajratiladi. Eleketr toki bilan ishlaydigan turlari ham ikkiga: suv yig`uvchi (boyler) va oqar suvni isitib beruvchiga bo`linadi. Xo`sh, ulardan qay biri kimga mos?
Tabiiy gaz bilan ishlaydigan suv isitgichlar anchayin tejamkorligi bilan ko`pchilikka ma`qul kelgan. Faqat uni xarid qilishingizdan avval, albatta, mutasaddi tashkilotlardan ruxsatnoma olish kerakligini eslatib o`tamiz.
Uskunaning hajmiga keladigan bo`lsak, bu ham individual masala. Kimgadir kattarog`i zarur bo`lsa, boshqalarga kichigi kerak. Biz esa ko`pchilik xaridorlar qulay deb topgan suvni yig`ib isituvchi moslamaga to`xtalamiz. Bunday suv isitkichlarning ham vertikal, ham gorizontal ko`rinishdagilari mavjud. Ulardan qay birini tanlashni esa intereringizdan kelib chiqqan holda hal qilasiz. Odatda, boylerlarning sig`imi 10 litrdan 200 litrgacha bo`ladi. Xarid chog`ida isitkichning ichki qoplamasi qanday xomashyodan tayyorlanganiga ham alohida e`tibor qarating. Ichki qoplama odatda sopol, emal, titanli emal va zanglamaydigan temirdan ishlangan bo`ladi. Zanglamaydigan temirdan ishlangani uzoqroq xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Ko`nglingiz oqib turgan suvni isitish uchun mo`ljallangan moslamaga chopayotgan bo`lsa, elektr energiyasini ko`proq sarflashini inobatga olib qo`ying. Ular oshxona uchun chindan ham qulay. Biroq cho`milish, yoki shu kabi ehtiyojlaringizga ko`pam yarayvermaydi. Uskunaning tabiiy gaz yordamida ishlaydigan turi esa tejamkorligi bilan ajralib turadi. Ya`ni kun bo`yi gazni yoqib qo`yish shartmas. Faqat ikki donagina batareya xarid qilsangiz bo`lgani. Zarurat bo`lganidagina foydalanaverasiz.
Eng muhimi hisob - kitob
Uskunani xarid qilish chog`ida hisob kitobni aniq qilmasangiz afsuslanib qolishingiz mumkin. Shu ishda adashsangiz yo issiq suvni etkazolmay halak bo`lasiz, yoki suvingiz va elektr energiyasini isrof qilganingiz qoladi. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha idish yuvish uchun o`rtacha 20-
Tejashni o`rganamiz
Ko`pchilik tashqariga chiqishdan avval isitkichni eletkr tokidan sug`urish kerak deb hisoblaydi. Aslida bunday qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki moslama suvni isitib bo`lgach o`z-o`zidan “uyqu” rejimiga o`tadi. Bunda suvning harorati bir me`yorda turishi ta`minlanadi. Agar tokdan uzib qo`ysangiz, keyinchalik bakdagi hamma suvni qaytada isitadi va eletkr energiyasini ko`proq sarflaydi.
Maftuna tayyorladi
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






