O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi haqida ogohlantirdi.
O`zbekiston FVV ma`lumotlariga ko`ra, 2 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati, 3 noyabrda esa – Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17-22 m/s.ga (60-80 km/s) qadar kuchayishi kutilmoqda.
FVV fuqarolardan kuchli shamol chog`ida ehtiyot choralarini ko`rishni so`ragan.






