Surxondaryolik bojxonachilar tomonidan ushlab qolingan va Termiz arxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan numizmatika ashyolari soni 3 mingdan oshdi.
– O`rta Osiyo tarixi bilan bog`liq ko`hna buyumlar dunyo kolleksionerlarning diqqat-markazida bo`lishi tabiiy hol. Buni yil boshidan bugunga qadar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurgan 500 ga yaqin xorijiy sayyohlarning bu erdagi eksponatlarga bo`lgan katta qiziqishidan ham bilish mumkin, – deydi Termiz arxeologiya muzeyining numizmatika bo`limi mudiri Hojimurod Dautov. Shunday ekan, ushbu tarixiy ashyolarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tiga urinishlar hamon uchrab turibdi, – deydi Termiz arxeologiya muzeyining numizmatika bo`limi mudiri Hojimurod Dautov.
Mazkur muzey xodimining ta`kidlashicha, o`z faoliyatini 2002 yilda boshlagan Termiz arxeologiya muzeyida bugungi kunda 26 ming 685 dona numizmatika turkumidagi eksponatlar mavjud bo`lib, ularning 3 mingdan ortig`i Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan.
–Bojxona chegaralarida aniqlanayotgan qonunbuzarliklarni tahlil qilar ekansiz, numizmatika ishqibozlari tarixiy ashyolarni nazoratdan yashirish maqsadida antiqa usullarni o`ylab topganiga guvoh bo`lasiz, – deydi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Abduvohid Xo`jamqulov. – Masalan, qadimiy tangalarni tugma shakliga keltirib, ularni kiyimlarga qadab chiqishi yoki kiyim matolarining ulab tikilgan joylariga yashirishi, oyoq kiyimlarining poshna bo`shliqlariga joylash, hatto stepler moslamasi ichiga taxlash kabi holatlar uchragan. Ammo xodimlarimizning ziyrakligi, yo`lovchilarning qo`l va yuk bagajlari maxsus nazorat rengen apparatlaridan o`tkazilishi tufayli tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan boyliklarimiz mamlakatimiz hududidan chetga olib chiqib ketilishiga yo`l qo`yilmaydi.








