Hindistonning Jammu shahridagi temiryo`l stansiyasida katta bo`g`ma ilon barcha ziyoratchilarni hayratga soldi. Ziyoratchilar Vayno Devi Mandi ibodatxonasiga Divali bayramini nishonlash uchun yo`l olishgan edi. Bu haqda NDTV nashri xabar qildi.
Sudralib yuruvchining uzunligi 4,5 metr bo`lib, butun platformani o`rab-chirmab ogan edi.
Guvohlar tabiatni muhofaza qilish markaziga yordam so`rab murojaat qilishdi. Soha vakillari zudlik bilan kelib, qiyinchilik bilan illonni tutib olib ketishdi. Sudralib yuruvchi o`rmonga qo`yib yuborildi.






