Nyu-Yorkda ro`y bergan teraktni o`zbekistonlik Sayfullo Saipov sodir etganligi gumon qilinmoqda. Bu haqda Santa Monica Observer nashri xabar qildi.
Ma]lum bo`lishicha, Sayfullo Soipov 2010 yili O`zbekistondan Qo`shma Shtatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda ko`chib ketgan. U Florida hamda Nyu-Jersida yashagan, Uber kompaniyasida haydovchi bo`lib ishlagan.
Polisiya Soipovning yuk mashinasini ko`zdan kechirish chog`ida kabinada arab tilidagi yozuvni topgan. New York Times nashri xabariga ko`ra, unda uning IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik bildirgani aytilgan.







