O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi.
Uchrashuvda 25 oktyabr kuni Anqarada bo`lib o`tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilab olingani ta`kidlandi. Mamlakatlarimiz o`rtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investisiya, turizm, yuk tashish, sog`liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi, deb xabar beradi O`zA
Muloqotda mazkur kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo`nalishlariga e`tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.






