Zarur masalliqlar: 400 gr. makaron, 300 gr. pishloq, 2 osh qoshiqdan sariyog` va non talqoni; go`shtli qayla uchun: 600 gr. go`sht qiymasi, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiq tomat, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, qora murch; sutli qayla uchun: 1 l. sut, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq maydalangan yong`oq.
Tayyorlanishi: 1.Makaronni tuzli suvda 10 daqiqa qaynating. So`ngra suvini silqitib, sovuq suvga solib oling.
2. Qizdirilgan o`simlik yog`ida go`sht qiymasini 7-10 daqiqa qovuring. Piyozni maydalab to`g`rang-da, uni ham qovurilayotgan go`sht qiymasiga qo`shing. Tuz, murch sepib, ozgina suv quying-da, past olovda dimlang.
3. To`rtburchak shakldagi chuqur qolipga sariyog` surtib, non talqonini seping. Makaronning yarmini solib, ustidan qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqdan seping. So`ngra go`shtli qaylani soling. Yana pishloq sepib, qolgan makaronni soling.
4. Unni sariyog`da biroz qovurib oling. Sutni qaynatib, unli aralashmani soling-da, aralashtirib turgan holda qaynating. Keyin olovdan olib, ko`pirtiligan tuxum va maydalangan yong`oq qo`shing. Makaronli toblama ustidan sutli qaylani ham solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.
4 kishilik.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






