O`zbekiston xalq rassomi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Lekim Ibragimov yaratgan o`ziga xos rekord to`rt yildirki, tasviriy san`at ixlosmandlari tilidan tushmay keladi.
“Interrekord” xalqaro rekordlarni qayd etish agentligi xulosasiga ko`ra, Rassomning “Ming malak va bir surat” nomli yirik asari “xolstda va moybo`yoqda birgina rassom tomonidan yaratilgan eng yirik surat” nominasiyasini qo`lga kiritgan.
Mazkur yirik asar Sharqning bebaho epik yodgorligi — “Ming bir kecha” asosida dunyoga kelgan bo`lib, uning yaratish g`oyasi 2000 yillarda dunyoga kelgan. Asarning konsepsiyasi o`n yil davomida pishitib borilgan va2010-2012 yillar mobaynida oqqa ko`chirilgan.
“Ming malak va bir surat” o`sha yili ilk bor Pragada, so`ngra boshqa Evropa mamlakatlarida namoyish etiladi. Eni 8 metr, bo`yi 66 metr bo`lgan mazkur “Ming malak va bir surat” mingta asarniyagona kompozisiyaga birlashtiradi va yaxlit suratni hosil qiladi. Shu bois, bu asar “Bitta suratda aks etgan eng ko`p farishtalar timsoli” nominasiyasida ham g`olib, deb topilgan.
“Farishta timsolini aks ettirgan har bir qism alohida bir asar bo`lsa-da, ular yig`ilgach, yakuniy va to`liq kompozisiyasini hosil qiladi”, deb intervyu beradi Lekim Ibragimov “Agency France-Presse” axborot agentligiga.
Tegishli asbob-uskunalar bilan mazkur loyiha 20 tonnadan ortiq bo`lib, 2,4 kilometrlik po`lat simlar bilan o`rnatiladi. Uni 500 metr kvadratga o`rnatish uchun kamida to`rt kishi to`rt kun mehnat qilishikerak bo`ladi.





