Osmondagi g`ij-g`ij yulduzlarni tomosha qilib, u erda yana nimalar bor ekan, deb xayol surmagan odam bo`lmasa kerak. NASA xodimlari uzoq yillardan beri bu savolning javobini qidirib, shattllar, teleskoplar orqali turli tadqiqotlarni o`tkazmoqdalar. Bu yil NASA PubSpace sayti orqali o`ziga xos loyihani ishlab chiqdi. Endi sayyoramiz aholisining har biri ayni vaqtda ular qanday loyihalarning ustida ish olib borayotgani haqida ma`lumotga ega bo`lishlari mumkin. Undan foydalanish mutlaqo tekin. Faqatgina internet bo`lsa, bas. Veb-sahifaga minglab ilmiy maqolalar joylashtirilgan. Bu hali boshlanishidir. Endi insoniyat koinotning zabt etilishini kuzatishi va o`zini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishi mumkin.






