AsosiyJamiyat

PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV TURKIYa PARLAMENTIGA TAShRIF BUYuRDI

'PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV TURKIYa PARLAMENTIGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.

Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organidir. Unga 1920 yil 23 aprelda asos solingan.

2015 yilda o`tkazilgan parlament saylovi natijalariga ko`ra Majlisda 4 partiya o`z fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning Spikeridir.

Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi.

25 oktyabr kuni bo`lib o`tgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo`shma tadbirlar o`tkazish orqali qo`llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yo`nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e`tibor qaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi.

Prezidentimiz Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoev 2016 yili Turkiyada davlat to`ntarishiga urinishda halok bo`lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan so`ng Prezidentimiz Istanbul shahriga jo`nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar