05.02.2014 14:06
Sinoptiklar O`zbekistonda hafta ohirigacha ob-havo qanday bo`lishini aytishdi
Mamlakat shimoli Qoraqalpog`istonda harorat—23 —28 darajagacha tushdi. Respublika bo`ylab so`nggi kunlarda ko`p qor yog`di. Toshkentda tungi havo harorat 18-20 darajagacha sovuq bo`ldi.
O`zgidrometmarkaz ma`lumotlariga ko`ra, 10 fevralgacha O`zbekistonda noodatiy sovuq havo o`rnashib, me`yordan 10-15 daraja past bo`ldi.
5-6 fevral kechasi harorat 15-20° sovuq, 7-10 fevral kuni 10-15° sovuq bo`ladi. 4-8 fevral kunduzi 5-10° sovuq, 9-10 fevral 2-7° sovuq bo`ladi.
O`zbekiston FVV 5 fevral kuni respublikaning tog`li tumanlarida ko`chki havfi mavjudligini va havfsizlik choralari ko`rish haqida ogohlantirdi. E`tiborli tomoni shundaki, havoning eng sovuq kunlari qish chillasining (25 dekabrdan 5 fevralgacha) so`nggi kunlariga to`g`ri keldi.
Umuman olganda, fevral uchun nomo`tadil havo xos hisoblanadi. Lekin so`nggi yillarda ushbu oy O`zbekistonda iliq o`tib, haroratning o`rtacha darajasi 3—6 tashkil qilgan.
Darvoqe, bugun 5 fevral qish chillasining so`nggi kuni.





