AsosiySUG'DIYONA

SOChLAR UChUN TURLI NIQOBLAR

'SOChLAR UChUN TURLI NIQOBLAR  'ning rasmi

Haftada bir marta bo`lsa-da, sochlar uchun turli niqoblar qilib turish maqsadga muvofiq.

Zaytun yog`i: yarim stakan zaytun yog`ini suv bug`ida isiting. So`ng barmoqlaringiz bilan bosh terisiga engil uqalab surting. Boshingizga polietilen qalpoqcha kiyib, ustidan issiq sochiq o`rang. 1‑2 soatdan keyin boshingizni iliq suvda shampun bilan yuving. Muolajani 15‑20 marta takrorlash mumkin. Soch to`kilishining oldini olish uchun esa bu muolajani haftada 1‑2 marta takrorlab turish kifoya.

Aloe: 3 osh qoshiq aloe sharbati, 1 osh qoshiq asal, 1 dona tuxum sarig`ini aralashtirib (1 choy qoshiq sarimsoq piyoz sharbatini ham qo`shish mumkin), namlangan sochlar va bosh terisiga surting. 20 daqiqadan so`ng sochlaringizni iliq suvda yuving.

Xina: rangsiz xinani yarim stakan qatiq bilan aralashtiring. Quyuq bo`tqa hosil bo`lishi kerak. Bo`qani sochlaringizga surtib, polietilen qalpoqcha kiyib, ustidan isitilgan sochiq o`rang. Yarim soatdan keyin iliq suvda chaying.

Xantal: 1 choy qoshiq quruq xantalni 2 osh qoshiq achchiq choy bilan aralashtirib, 1 dona tuxum sarig`i qo`shing. Niqobni boshga surtib, polietilen qalpoqcha kiying-da, sochiq o`rang. 20 daqiqadan keyin boshingizni iliq suv bilan yuving.

Piyoz: 1‑2 dona piyoz sharbatini, xuddi shuncha miqdordagi qatiq bilan aralashtirib, bosh terisiga surting. Polietilen qalpoqcha va issiq sochiq bilan o`rab qo`ying. 40 daqiqadan keyin sochlaringizni iliq suv bilan chaying. Qatiq piyoz hidi o`tkirligini yo`qotishga yordam beradi.

Uqalash. Har kuni ishdan qaytganingizdan so`ng kechki payt albatta gardaningiz va bosh terisini engil uqalang. Bu boshdagi qon aylanishini yaxshilab, soch ildizlariga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Ildizlar yaxshi oziqlansa, soch o`sishi ham yaxshilanadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar