05.02.2014 13:10
2013 yilda O`zbekiston 90 mingdan ziyod avtomobil eksport qildi
O`tgan yili soha korxonalari 7,5 trln so`mlik mahsulot ishlab chiqargan bo`lib, 2012 yilga nisbatan o`sish surati 21,8 foizni tashkil qilgan, deya xabar beradi «O`zavtosanoat» AK matbuot xizmati.
Engil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 246,6 ming donani, avtobus va ISUZU yuk mashinalari – 3,5 ming donani, MAN yuk avtomobillari – 1,2 ming donani tashkil qildi.
1 yanvar holatiga kompaniyaning 24 ta korxonasi ISO 9001:2008 Xalqaro standarti bo`yicha sifat menedjmenti sertifikatiga ega, ishlab chiqarilgan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ulushi kompaniya korxonalari bo`yicha 90,1% tashkil qiladi.
Ta`kidlash joizki, O`zbekistonning mashinasozlik mahsulotlari Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston, Ukraina, Turkmaniston kabi mamlakatlar bozorlarida talabgir hisoblanadi.





