O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on davlat rahbarlarining Qo`shma bayonotini imzoladilar.
ESLATIB O`TAMIZ: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning taklifiga binoan 2017 yil 25 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga tashrif buyurgan.
Muzokaralar yakunida O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.
Shuningdek, savdo, sanoat, bank-moliya, investisiya, turizm, yuk tashish, sog`liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.






