Chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida Denis Turapin, Anvarjon Sarimsoqov, Rustam Chinqulov, Evgeniy Fadeev, Husniddin Rahmonqulov, Sabina Shirieva, Iroda Olimova, Zuhra Shagilova, Nurxon Muhiddinova, Dilnoza Rahmatova oltin medalga sazovor bo`ldi.
100 va 110 metr masofaga to`siqlar osha yugurishda Elizaveta Shus va Ergash Normurodov marra chizig`ini birinchi bo`lib bosib o`tdi. 10 kilometrga sportcha yurish bahslarida Sevara Ibrohimova hamda Doniyor Ismatov shohsupaning birinchi pog`onasidan joy egalladi.
Nayza, yadro, disk va bosqon uloqtirishda Hilola Abdullaeva, Nodira Xudoyberganova, Gulruxsora Hoshimova, Artem Davletov, Jalolxon Tillavoldixo`jaevga teng keladigan topilmadi. Uzunlikka sakrash bo`yicha Ivan Denisov va Irina Belova g`olib chiqdi.






