O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdo`g`on shohsupaga ko`tarildilar. O`zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar.
Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o`tkazdi. Muloqotda mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.






