AsosiySUG'DIYONA

ShIMNI TO`G`RI DAZMOLLAYMIZ!

'ShIMNI TO`G`RI DAZMOLLAYMIZ!'ning rasmi

Shimni dazmol qilishdan avval uni cho`tka yordamida tozalash lozim.

Agar shimning tizza qismi cho`zilib qolgan bo`lsa, birinchi navbatda shu erni dazmollang. Shimganam matoni qo`yib qurigunga qadar dazmolni bosib turing, ammoyurgazmang. So`ng shimni ichki va tashqi tomonini tekislab, ho`l mato yordamida qattiq bosib, dazmol qiling.

Shimdagi yaltiroq izlarni yo`qotish uchun sirkali suvda (1 stakan suvga 1 qoshiq sirka) matoni ho`llang, so`ng dazmollang.

Shimning chizig`i siz xohlagandek chiqishi uchun uning ichki qismiga quruq sovun surting, so`ng odatdagidek dazmol qiling.

Shimga dazmol bosgach, uni yarmi soat dazmol taxtaning ustida qoldirish kerak. U biroz “sovib” olishi lozim. Dazmol qilingach darrov shkafga ilingan shim tezda o`z holatini yo`qotib qo`yish ehtimoli bor.

O`tkir jism bilan kesilgan shimni tikish shart emas. Shimga o`xshash mato topib, teskari tomoniga tuxum oqini tomizing. So`ng matoni yirtilgan joyga qo`yib, ustidan dazmol yurg`izing.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar