“Dokk1” kutubxonasi yaqinda 2016 yilning eng yaxshi ommaviy kutubxonasi sifatida mukofotni qo`lga kiritdi va u bu nomga chindan ham munosib. Skandinaviyadagi eng ulkan kitoblar jamlangan bu maskan Daniyaning Orxus daryosi yaqinida joylashgan. Qattiq, geometrik to`g`ri fasad, katta tevarak-atrof va shahar tarovatini aks ettiruvchi panoramali derazalar kutubxonaga ko`rk bag`ishlagan.






