-Kelin bo`lib tushganiga 12 yil to`lgan bo`lsa-da, ovsinim hali ham uy «propiska»siga kiritilmagan. Bolalari ham hech qaerda ro`yxatda turmaydi. Eri olamdan o`tgan. Aytingchi, qaynotam uy mulkdori sifatida uni va farzandlarini «propiska»ga kiritishi mumkinmi? Yoki shu uyda yashovchi boshqa oila a`zolarining ham ruxsati kerakmi?
Gulnoza Salihova, Toshkent shahri
-Uy ro`yxatiga kiritish uchun turar-joy mulkdorining roziligi etarli hisoblanadi. Shunga ko`ra, qaynotangiz ovsiningiz va uning farzandlarini uy ro`yxatiga kirita oladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






