AsosiySavol-javob

«XORIJDA PASPORTIMNI O`G`IRLATIB QO`YDIM...»

'«XORIJDA PASPORTIMNI O`G`IRLATIB QO`YDIM...»'ning rasmi

-Chet el safari payti pasportimni o`g`irlatib qo`ydim. Elchixonaga uchrashib, bo`lib o`tgan voqeani bayon etdim va menga sertifikat berishdi. Qaytib kelgach, bir qancha suhbatlardan o`tib, yangi pasport oldim. Xorijga chiqish uchun viza olay desam, rad etishdi. Bilsam, pasport chetiga «deport» deb yozib qo`yishgan ekan. Axir men deport qilinmaganman, hujjatimni yo`qotganman, xolos. Nega noto`g`ri ma`lumot kiritishadi? Endi nima qilishim mumkin?

Ismi sir tutildi.

-Agar siz tomoningizdan mamlakatdan chiqarib yuborishlikka olib keluvchi nojo`ya xatti-harakatlar sodir etilmagan bo`lsa, nima sababdan pasportingizga bu haqda belgi qo`yilganligini oydinlashtirish uchun shu tashkilotning o`ziga murojaat etishingiz lozim. Agar ushbu holat chindan ham anglashilmovchilik bo`lsa, yuqori turuvchi tashkilotlar yoki sudga arz qilishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar