AsosiySport

JANUBIY KOREYaDA QIShKI OLIMPIADANING BARChA OB`EKTLARI QURIB BITKAZILDI

'JANUBIY KOREYaDA QIShKI OLIMPIADANING BARChA OB`EKTLARI QURIB BITKAZILDI'ning rasmi

2018 yilgi qishki Olimpiadaning barcha sport arenalari va infratuzilma ob`ektlari qurilishi yakunlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi Koreya rasmiylariga tayanib.

"Men bugungi kunda barcha sport va boshqa ob`ektlar qurilishi yakunlanganini bemalol e`lon qila olaman. Biz barcha sportchilar hayotlarining bu onlarini eng yaxshi sharoitlarda o`tkazishlarini istaymiz. Barcha infratuzilma, jumladan yuqori tezlikdagi temir yo`l va avtotrassa qurilishi yakunlandi. Pyongchangdagi musobaqalar tarixdagi eng katta qishki Olimpiya o`yinlari bo`ladi", - deya xabar bergan 2018 yilgi Olimpiada tashkiliy qo`mitasi prezidenti Li Xi Bom.

    Boshqa yangiliklar