AsosiyJamiyat

500GA YaQIN O`ZBEKISTONLIK BEPUL TIBBIY KO`RIKDAN O`TADI

'500GA YaQIN O`ZBEKISTONLIK BEPUL TIBBIY KO`RIKDAN O`TADI'ning rasmi

24 oktyabrga belgilangan ko`rik "Aholiga sifatli onkologik xizmat ko`rsatishni rivojlantirish" ilmiy-amaliy anjumani doirasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`tkazilmoqda.

Murojaat qilgan fuqarolarni mamlakatimiz tibbiyoti uchun yangi uslublardan biri – onkomarkerlar yordamida bepul tibbiy ko`riklardan o`tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirlarga Qozon Davlat tibbiyot akademiyasi vrach-onkologi, Evropa Onkologlar jamiyati ishchi guruhi (ESGO) a`zosi M.S.Kasyuba hamda Shvesiyaning onkodiagnostika yo`nalishidagi “Fujirebio Diagnostics” kompaniyasi xodimi, biologiya fanlari nomzodi I.A.Silinalar qatnashib, fuqarolarni qabul qilishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Prezidentimizning apreldagi “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko`rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi davrini boshlab berdi.

    Boshqa yangiliklar