05.12.2013 12:07
Singapurliklar Qo`qonda to`qimachilik sanoatiga $31 mln yo`naltirdilar
2012 yil so`nggida O`zbekiston hukumati bilan imzolangan bitimga ko`ra, Indorama Industry ushbu mablag`ni qayta ishlash bo`yicha quvvatni 2 barobar oshirishga yo`naltirdi. Endilikda yiliga 20 ming tonnagacha paxta tolasi qayta ishlanmoqda, deya xabar beradi [url=http://www.uzdaily.uz/articles-id-18295.htm]Uzdaily.uz.
Indorama Kokand Textile O`zbek- Singapur qo`shma korxonasi 2011 yilning iyulida Indorama Industry kompaniyasi va O`zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki tomonidan Qo`qondagi to`qimachilik kombinati bazasida tashkil etilgan.
Mazkur loyiha qiymati —44 mln dollar bo`lib, ayni damda kompaniyaning ushbu korxonaga kiritgan investisiya hajmi 75 mln AQSh dollarni tashkil qildi.
Korxonaning nizom jamg`armasi miqdori 18 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bunda xorijiy investor ulushi 76 foiz bo`lib, qolgan 24 foizi TIF Milliy bankiga tegishli.





