AsosiySUG'DIYONA

O`G`IL KO`RIShNI ISTAYSIZMI? MAXSUS PARHEZ BILAN TANIShING!

'O`G`IL KO`RIShNI ISTAYSIZMI? MAXSUS PARHEZ BILAN TANIShING!'ning rasmi

O`g`il va qiz farzand ko`rish uchun nima qilish kerakligi ko`pchilik juftliklarni qiziqtiradi. Bu savolga aniq bir javob bo`lmasa-da, taxmin va ehtimollarga tayanib joriy qilingan bir qanchausullar mavjud. Masalan, xitoycha va yaponcha taqvim, rezus omil va qon guruhiga qarab hisoblash jadvali, ovulyasiya kuni bo`yicha homilador bo`lish kabilar...

Buni qarangki, tarixda, ya`ni 1935 yildan e`tiboran, olimlarni ayol tanovvul qiladigan taomlarning bo`lajak homilaga ta`siri masalasi qiziqtirgan ekan. Bu izlanishlar uzoq davom etgani rost. Zero, qariyb bir asrlik tajribalardan so`ng Fransiyaning San-Jak universiteti qoshidagi Akusherlik va ginekologiya klinikasi ayollar uchun maxsus parhezni e`lon qildi. Mazkur parhez tajribasida ishtirok etib, unga to`liq rioya qilgan ayollarning 75 foizi o`zi istagan natijaga erishgan.

O`g`illi bo`lishni istaganlar uchun parhez

Tavsiya etiladi:

  • Choy, kofe
  • Mevali sharbatlar
  • Gazlangan mineral suv va boshqa gazlangan ichimliklar
  • Barcha turdagi go`sht mahsulotlari (dudlangan, tuzlangan)
  • Baliq va baliq go`shtidan tayyorlangan mahsulotlar
  • Boshoqli o`simliklar, guruch va makaron mahsulotlari
  • Barcha turdagi nonlar
  • Sabzavotlar: kartoshka, qo`ziqorin, sabzi, sholg`om, bulg`or qalampiri va hokazolar.
  • No`xat, soya, makkajo`xori, loviya.
  • Barcha turdagi mevalar, ayniqsa, banan, o`rik, apelsin, shaftoli va olcha
  • Quruq mevalar: turshak va mayiz
  • Tarkibiga sut qo`shilmagan shirinliklar
  • O`simlik yog`lari
  • Zaytun mevasi

Tavsiya etilmaydi:

  • Sut va sut mahsulotlari
  • Tarkibida kalsiy miqdori ko`p bo`lgan mineral suv
  • Pishloq va tuxum
  • Muzqaymoq va kakao

Qizli bo`lishni orzu qilayotganlar uchun parhez

Tavsiya etiladi:

  • Sut va sut mahsulotlari
  • Olmali, olchali va ananasli sharbatlar
  • Tarkibida kalsiy moddasi yuqori bo`lgan mineral suv
  • Kuniga 120 grammdan mol, qo`y hamda tovuq go`shti. Shuningdek, jigar ham foydali. Imkon qadar tuzi past bo`lsin.
  • Yogurt va tvorog
  • Tuxum va undan tayyorlangan mahsulotlar
  • Konditer mahsulotlari
  • Guruch va makaron mahsulotlari
  • Sabzavotlar: sabzi, sholg`om, piyoz, no`xat, rediska, bodring va salat bargi
  • Achchiq ziravorlar
  • Tarvuz, qulupnay, malina, nok va shaftoli
  • Bodom, yong`oq va yong`oqning boshqa turlari

Tavsiya etilmaydi:

  • Kofe, choy, qora shokolad, gazlangan ichimliklar
  • Pashtet, kolbasa, dudlangan go`shtva baliq go`shti.
  • Sho`r pishloqlar
  • Selderey, lavlagi, karam, lavlagi, pomidor.
  • Banan, shaftoli, o`rik, olcha, apelsin.
  • Quruq mevalar

Parhezga asoslanib, farzand ko`rishni istayotgan ayollarni ogohlantirmoqchimiz. Bu parhezni homiladorlik yuz berguniga qadar, ya`ni taxminan 4-2 oy avvaldan boshlash lozim. Homiladorlikda esa parhezni to`xtatish talab qilinadi. Axir, ilk oylardayoq bolaning tanasi, asab tizimi, ichki a`zolari shakllana boshlaydi. Bu davrda onaning sifatli va tartibli ovqatlanishi homila to`g`ri rivojlanishiga zamin yaratadi.

Egizaklar uchun

Egizak farzandlarni dunyoga keltirishni istaganlar uchun, afsuski, parhez mavjud emas. Shu bois birdaniga ikki farzandli bo`lishni orzu qilishdan avval eringizning avlodida egizaklar bor yoki yo`qligi haqida bilib oling. Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, egizaklarpaydo bo`lishiga javob beradigan gen Y xromosoma bilan bog`langan bo`lib, bu xromosoma faqatgina erkaklarda bo`ladi. Agar sizning (ya`ni ayolning) egizak qarindoshlaringiz bo`lsa, imkoniyatlar juda kam foizni tashkil qiladi.

Dilnoza tayyorladi.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar