25.11.2013 12:18
O`zbekiston elektron pochta markalarini muomalaga kiritadi
O`zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar Davlat qo`mitasi 22 noyabr kuni pochta to`lovlarining davlat belgilari to`g`risidagi Nizomni
tasdiqlaydigan Qarorni imzoladi.
Pochta to`lovlari Davlat belgilari xalqaro va ichki oddiy va buyurtma xat korrespondensiyalarini jo`natish uchun operator, pochta aloqasi provayderlari tomonidan ko`rsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarini to`lashga mo`ljallangan.
Pochta markalari Butunjahon pochta konvensiyasi, O`zbekiston respublikasi Konstitusiyasi, Qonunlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo`lishi shart deyiladi Nizomda.
Hujjatda aytilishicha, markalar o`zida O`zbekiston respublikasi xalqlari madaniy va tarixiy me`rosini, flora va faunasi, bilimlar borasida erishgan yutuqlari hamda boshqa xalqaro
hayotiga oid hodisalarni aks ettirishi kerak.
Nizom shuningdek O`zbekistonda elektron markalarni muomalaga kiritish me`yorlarini ko`zda tutadi. Elektron markalar xabarlarni jo`natishda ishlatilishi ko`zda tutilgan.
Elektron marka yagona identifikasion raqamga ega bo`lishi va jo`natilayotgan pochta xabaridagi kerakli axborotni o`z ichiga olishi kerak.
Hujjatga asosan, «O`zbekiston pochtasi» OAJ elektron markalarni O`zbekiston bo`ylab tarqatadi.
Elektron markani Internet orqali harid qilish mumkin. U konvert ustiga standart dasturlar yordamida chop etiladi.





