AsosiyDunyo

Jahon iqtisodiyoti barqarorlikka yaqinlashmoqda

ir necha yillik larzalardan keyin jahon iqtisodiyoti barqarorlikka yaqinlashmoqda. Bu haqda “Moody's” xalqaro reyting agentligining ma`ruzasida so`z boradi.

Agentlikning yangilangan prognozlariga ko`ra, “G20” ga kiradigan mamlakatlardagi YaIMning o`rtacha o`sishi bu yil 1,3 foizni va 2014 yilda 2 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga rivojlanayotgan yirik iqtisodiyotlarga 2013 yilda o`rtacha 5 foiz va kelasi yili 5,5 foiz qo`shiladi.
"Global o`sish oldingi inqirozdan keyingi tiklanish davrlari bilan solishtirganda bosiqligicha qoladi, biroq hozir iqtisodiy ssenariylardagi ayrim yirik xatarlar yo`qolgan ko`rinadi. Shunga qaramasdan, tiklanishni o`z-o`zidan bo`ladigan ish deb bo`lmaydi, ammo biroz optimizmni mustahkamlash alomatlari mavjud”, - deydi “Moody's” vakili Kolin Ellis. 

    Boshqa yangiliklar