AsosiyJamiyat

12 AVGUSTDAN TOShKENT – SAMARQAND YO`NALIShIDA "AFROSIYoB“NING QO`ShIMChA QATNOVI YO`LGA QO`YILADI

'12 AVGUSTDAN TOShKENT – SAMARQAND YO`NALIShIDA "AFROSIYoB“NING QO`ShIMChA QATNOVI YO`LGA QO`YILADI'ning rasmi

«O`zbekiston temir yo`llari» AJ shuni ma`lum qiladiki, yo`lovchilarning talabini qondirish va ularga xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent – Samarqand yo`nalishida barcha qulayliklarga ega bo`lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob” elektropoezdining 764/763 raqamli qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yilmoqda.

Poezdning qatnovi 2017 yil 12 avgustidan boshlab haftasiga uch marta, juma, shanba, va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo`nash vaqti soat 08:30, Samarkanddan esa – 17:00da.

    Boshqa yangiliklar