AsosiyJamiyat

​FAOL JURNALISTLAR IMTIYoZLI RAVIShDA UY-JOY BILAN TA`MINLANADI

'​FAOL JURNALISTLAR IMTIYoZLI RAVIShDA UY-JOY BILAN TA`MINLANADI'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to`lash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli bo`lgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O`zbekiston ijodkorlarini qo`llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o`rinlarda “Ilhom” jamoat fondi deb yuritiladi) mablag`lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki er uchastkalari bilan ta`minlash ishlarini belgilangan tartibda yo`lga qo`yadi.

Toshkent shahri, Shayhontohur tuman, Islom Karimov ko`chasidagi 16-a uyda O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi joylashadi.

    Boshqa yangiliklar