AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTONDA IJODKORLARNI QO`LLAB-QUVVATLOVChI "ILHOM" JAMOAT FONDI TAShKIL ETILADI

'​O`ZBEKISTONDA IJODKORLARNI QO`LLAB-QUVVATLOVChI "ILHOM" JAMOAT FONDI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

"O`zbekiston ijodkorlarini qo`llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi. Hujjat matni O`zAda e`lon qilindi.

Jamiyatimiz hayotida, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda madaniyat, san`at va ommaviy axborot vositalarining o`rni va ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda, mamlakatimiz ijodkor ziyolilarining salohiyatini to`liq ro`yobga chiqarish uchun ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadidaO`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Bastakorlar uyushmasi, O`zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, O`zbekiston Teatr arboblari uyushmasi va O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining O`zbekiston ijodkorlarini qo`llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi tashkil etiladi.

“Ilhom” jamoat fondi hisobraqamiga davlat byudjetidan 20 milliard so`m mablag` o`tkazib berilishi ijodiy muassasalar faoliyatini yanada yaxshilash va ularning samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlashga qaratilgan.

Qarorda Fond tomonidan moliyalashtiriladigan ijodiy uyushmalar va birlashmalar a`zolarining to`laqonli dam olishi uchun sharoitlar yaratish masalasi ham inobatga olingan. Shu maqsadda O`zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Soyliq qishlog`ida joylashgan "Oqtosh" ijod uyi Fond boshqaruviga o`tkazilib, bu erda barcha ijodiy uyushma va birlashmalar a`zolarining to`laqonli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar