AsosiyDunyo

​ERONDA BASSEYN OLDIDA RAQS KEChASI UYuShTIRGAN 64 NAFAR YoShLAR QO`LGA OLINDI

'​ERONDA BASSEYN OLDIDA RAQS KEChASI UYuShTIRGAN 64 NAFAR YoShLAR QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Eron huquq-tartibot idorasi xodimlari Isfaxon shahrida o`tkazilgan shaxsiy kechada ishtirok etgan 64 nafar yosh yigit va qizlarni qo`lga oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur kecha Isfaxon shahrining chekka tumanlaridan birida basseyn yonida o`tkazilgan. Yigit va qizlar kechada spirtli ichimliklar iste`mol qilib, “yarim yalang`och” holda raqsga tushishgan. Kechaning ba`zi bir ishtirokchilari bayramda suratga tushib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan va bu bilan “axloqiy tubanlikni qo`llab-quvvatlashgan”.

Eronda 1979 yildagi Islom inqilobidan keyin spirtli ichimlik iste`mol qilish taqiqlangan. Bundan mamlakatda kamchilikni tashkil etuvchi nasroniylar mustasno etilgan. Eronda spirtli ichimlik iste`mol qilganlik uchun jarima, darra bilan urish, qamoqqa olish va hattoki o`lim jazolari beriladi.

    Boshqa yangiliklar