AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV OSIYo INFRATUZILMA INVESTISIYaLARI BANKI PREZIDENTINI QABUL QILDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV OSIYo INFRATUZILMA INVESTISIYaLARI BANKI PREZIDENTINI QABUL QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Osiyo infratuzilma investisiyalaribankiprezidenti Szin Lisyunni qabul qildi, deb xabar beradi O`zA.

Davlatimiz rahbari mehmonni Osiyo qit`asida zamonaviy va ishonchli infratuzilmani shakllantirishga ko`maklashadigan yangi xalqaro moliya instituti bo`lgan ushbu bank o`z amaliy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagani bilan samimiy tabrikladi.


2015 yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pekinda joylashgan Osiyo infratuzilma investisiyalari banki dunyoning turli mamlakatlarida 17 investisiya loyihalarini moliyalashtirishda faol qatnashmoqda.
Uchrashuv chog`ida O`zbekiston Respublikasida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar bo`lgan istiqbolli loyihalarni – suv xo`jaligi ob`ektlarini modernizasiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy avtomobil yo`llari qurish, temir yo`llarni elektrlashtirish va poytaxt metropoliteni tarmog`ini kengaytirish va boshqa loyihalarni amalga oshirishga doir o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qo`shma loyihalarni amalga oshirishga xususiy investisiyalarni to`g`ridan-to`g`ri jalb qilish mexanizmini yaratish bo`yicha hamkorlik imkoniyatlari mavjudligi alohida ta`kidlandi.
Osiyo infratuzilma investisiyalari banki prezidenti Szin Lisyun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul va o`zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etdi. Bank O`zbekiston bilan uzoq muddatli va keng ko`lamli hamkorlik qilishga tayyor ekanini alohida ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar