AsosiyDunyo

​CURIYa HUKUMATI BMTGA E`TIROZ BILDIRDI

'​CURIYa HUKUMATI BMTGA E`TIROZ BILDIRDI'ning rasmi

Damashq Vashington rahbarlik qilayotgan g`arbiy koalisiya harakatlaridan norozi bo`ldi, deb xabar berdi 1tv.ru nashri.

BMT bosh kotibi va xavfsizlik kengashiga yuborilgan hujjatlarda AQSh harbiy-havo kuchlarining Rakkaning tinch aholi yashaydigan qismiga zarba berayotganligi va fosforli bombadan foydalanayotganligi ma`lum qilingan. Bu esa xalqaro huquq me`yorining qo`pol buzilishi hisoblanadi.

Amerika harbiy qo`mondonligi bunday o`q-doridan foydalanganligini tasdiqlaganiga qaramay, bu ishlarning oldini olishga harakat qilmadi. Pentagon ulardan tutunli parda hosil qilish uchun foydalanayotganligini ma`lum qilgan.

Suriya OAVlarining bergan xabariga ko`ra, o`tgan haftaning o`zida koalisiya tomonidan rakka shahriga berilgan aviazarba oqibatida 50 nafar tinch aholi halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar