Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov Uguzevo qishlog`ida yong`in oqibatida halok bo`lgan 9 kishidan iborat oila xotirasi uchun 7 avgustni motam kuni, deb e`lon qildi, deya xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Boshqirdistonning Bir tumanidagi Uguzevo qishlog`ida xususiy uyning yonishi oqibatida 9 kishidan iborat oila a`zolari qurbon bo`ldi. Ularning besh nafari bolalardir. 7 avgust kuni motam kuni, deb e`lon qilindi. Bugun Boshqirdistondagi barcha davat muassasalarida bayroqlar tushiriladi.
Shu bilan birga Rustem Xamitov halok bo`lganlarning yaqinlariga dafn marosimini o`tkazishda yordam berish haqida farmoyishga imzo chekdi.
Fojia yuz bergan qishloqdagi voyaga etmagan bolalar mavjud bo`lgan uylarga yong`indan ogohlantiruvchi datchiklar o`rnatildi. Yong`in bo`lgan joyda hududiy tergov boshqarmasi ish olib bormoqda.






