Andijon shahrining Pushkin ko`chasida shahar ichki ishlar boshqarmasi va hokimlik tomonidan tashkil etilgan “Mahalla posti”da xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o`zining harakatlari bilan shubha uyg`otgan R.T. to`xtatilib tekshirilganida, yonida xo`jalik pichog`i borligi aniqlandi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Undan nima sababdan pichoq olib yurgani so`ralganda, oilaviy kelishmovchilikdan siqilib, mast holda kelinining hatti-harakatlaridan norozi bo`lib, uni o`ldirmoqchiligini aytadi. Biroq kelini uyda bo`lmaganligi uchun ko`chaga qidirib chiqqanligini ma`lum qilgan. Ayni vaqtda holatga oydinlik kiritish maqsadida, surishtiruv ishlari, shuningdek hudud profilaktika inspektori va mahalla faollari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.






