AQShning Kaliforniya shtatidagi Ridli shahrida Gar Tootelian kimyo zavodida kuchli yong`in ko`tarildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Yakshanba kuni Kalifornining Ridli shahridagi Gar Tootelian kimyo zavodi olov qa`rida qoldi. Hodisa yuz bergan tumandan portlash ovozlari eshitildi, bir necha kilometr uzoqlikdan havoga o`rlagan qora tutun ko`rindi. Guvohlar va mahalliy OAVlar voqea joyida suratga tushirilgan turli kadrlarni chop etishdi. Hozircha qurbon bo`lganlar va yong`inning kelib chiqish sabablari haqida ma`lumot berilmadi.






