AsosiySUG'DIYONA

«OQShOM» RULETI — KEChKI TAOMGA TAYYoRLAB KO`RING!

'«OQShOM» RULETI — KEChKI TAOMGA TAYYoRLAB KO`RING!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 600 gr. mol go`shti qiymasi, 1 donadan sabzi va tuxum, 1 bosh piyoz, o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Maydalab to`g`ralgan piyoz va qirg`ichdan o`tkazilgan sabzini qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Tuz, murch sepishni unutmang.

2. Sabzavotlar pishishiga oz qolganida tuxumni qo`shing. Olovni pastlab, 2 daqiqa qoldiring.

3. Go`sht qiymasini to`rt bo`lakka bo`lib, har birini aylana shaklda yoying.

4. Endi go`sht qiymasi o`rtasiga sabzavotli qayladan solib, rulet shaklida o`rang.

5. Ruletlarni qizdirilgan o`simlik yog`ida o`rtacha olovda ikkala tomonini ham qizartirib qovuring. Keyin olovni pastlab, tovaning qopqog`ini yopib 15-20 daqiqa dimlang.

1 soat

4 kishilik

    Boshqa yangiliklar